Jamol Nosirov Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining tegishli buyrug‘i bilan Buxoro viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Jamol Nosirov 1985-yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan. Maʼlumoti oliy 2005-yilda Buxoro davlat universitetini tamomlagan.
2006-2008-yilllarda Buxoro davlat universitetida magistratura bosqichida tahsil olgan.
Mehnat faoliyati davomida viloyat “Kelajak ovozi” va “Kamolot” boshqarmalari, shahar va viloyatlar hokimliklari tuzilmalarida ishlagan. 2017-2020-yillarda Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, 2020-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari hamda 2021- 2024 yillarda Buxoro shahar hokimi lavozimlarida ishlagan.
Tayinlovga qadar Buxoro shahar hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31411 | Инструменты