Huawei 1
Janubiy Koreya Toshkent-Andijon pulli yo‘li qurilishi loyihasini amalga oshirishda yordam bermoqchi

"ITS Asia Pacific Forum 2025” xalqaro forumi Transport vaziri o‘rinbosari Ilhomjon Abdugafarov Koreya Respublikasi Yer, infratuzilma va transport vaziri Park Sangvu hamda “Korea Expressway Corporation” Korporatsiyasi Prezidenti Xam Jingyu bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Muzokaralar davomida O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida transport va yo‘l xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, Koreyaning avtomagistrallar boshqaruvi, aqlli svetoforlar, sun’iy intellekt asosidagi harakatni boshqarish tizimlarini O‘zbekistonda joriy etish imkoniyatlari, shuningdek, Koreya hukumati tomonidan O‘zbekistonda texnik yordam va mutaxassislar tayyorlash dasturlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, muzokaralarda Koreya tomonidan O‘zbekistonda yo‘l infratuzilmasini raqamlashtirish, jumladan, aqlli tolling, ITS sensor tizimlari, harakat monitoringi bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish, “Toshkent-Andijon pullik avtomobil yo‘lini qurish” DXSH loyihasi doirasida avtomagistral loyihalarini rivojlantirishda KEC korporatsiyasi ishtirokini ta’minlash takliflari ilgari surildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82601 | Инструменты