Huawei 1
Mahallalar kesimida “Aholining jismoniy faolligi reytingi” yuritiladi

Prezident raisligida 2028-yilgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikni kuchaytirish, ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo'lib o'tdi.

Raqamlashtirishni keng joriy qilish orqali iqtidorli sportchilarni topish, saralash va ularni tayyorlash bo‘yicha ham yangi tizim joriy qilinadi.

Buning uchun alohida raqamli platforma ishga tushiriladi. Umumtaʼlim maktablarida o‘quvchilarning u yoki bu sportga qobiliyati aniqlanib, elektron platformaga kiritiladi. Sport maktablari bu mezonlar asosida o‘ziga yoshlarni tanlab, jismoniy va psixologik tayyorlab boradi. Sportchilarning kundalik natijalari, erishayotgan yutuqlari ham yagona elektron tizimga joylashtiriladi.

Sport federatsiyalari ham eng yaxshi natija ko‘rsatgan yoshlarni terma jamoa yig‘inlariga chaqirib, ularni seleksiya qilib boradi. Terma jamoaga jalb qilingan yoshlar uchun jismoniy ko‘rsatkichlarni monitoring qiladigan raqamlashgan tizim yaratiladi.

Natijada sportchilarning ko‘rsatkichlari xorijiy yoki tor soha mutaxassislariga onlayn yuborilib, tavsiyalar olish imkoni yaratiladi.

Shuningdek, sportchilar kasal bo‘lganida, ular qanday dori vositalarini isteʼmol qilishi mumkin yoki mumkin emasligi bo‘yicha platformada onlayn konsultatsiyalar berib boriladi. Buni hisobiga doping bilan bog‘liq noxush holatlarni oldi olinadi.

Eng muhimi, bu tizim nafaqat sportchilar, balki ularning murabbiylari faoliyatini ham baholab borishga xizmat qiladi.

Yig‘ilishda ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi.

O‘tgan yili ommaviy sport musobaqalarida yoshlar qamrovi 10 millionga yetdi. Lekin yoshlarni bolalikdanoq sportga jalb qilishga barcha tumanlarda birdek eʼtibor qaratilmayapti.

Misol uchun, “Besh tashabbus olimpiadasi”ning o‘tgan yilgi mavsumida tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan 150 ming yoshlarning atigi 15 foizi sport maktablariga tanlab olingan.

Endilikda har haftada mahallalarda ommaviy jismoniy faollik tadbirlari o‘tkazib boriladi. Ularga nogironligi bo‘lgan shaxslar keng jalb etiladi.

Mahallalar kesimida “Aholining jismoniy faolligi reytingi” yuritiladi.

Yil yakuni bilan eng faol oilalarga trenajerlar beriladi, eng yaxshi mahallalarda sport maydonchalari qurilib, jihozlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21317 | Инструменты