Huawei 1
Xitoyda blogerlarga armiya haqida ma’lumot berish taqiqlandi

Xitoy o‘z Qurolli kuchlari haqidagi ma’lumotlarni internetda e’lon qilishni cheklovchi yangi qoidalarni joriy etdi. Bu qadam dunyodagi eng yirik armiya faoliyatini kuzatishni cheklashi mumkin.

Ushbu qoidalar 1-martdan boshlab kuchga kiradi. U Xitoy armiyasini AQSH harbiy qudratiga tenglashish uchun tezlik bilan kengaytirish va modernizatsiya qilayotgani haqidagi ma’lumotlar fonida e’lon qilindi.

Kiritilgan cheklovlar Xitoy harbiy blogerlari va sharhlovchilariga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ular yangi qurol-yarog‘ tizimlari, kadrlar tayinlovi va qo‘shinlar harakati haqidagi rasmlar yoki ma’lumotlarni ulashishga odatlangan.

Yangi qoidalar esa harbiy sirlar, milliy mudofaa texnologiyalari, sanoat sirlari yoki boshqa maxfiy ma’lumotlarni “yaratish, ko‘paytirish, nashr etish va tarqatish”ni taqiqlaydi.

Xitoy hukumatiga ko‘ra, bu  geosiyosiy keskinlik va xorijiy razvedka tuzilmalari faolligi kuchaygan sharoitda milliy xavfsizlikni mustahkamlash va davlat sirlarini himoya qilishga qaratilgan.

Taqiqlangan mavzular ro‘yxati qurol-yarog‘ tizimlarini ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazishdan tortib, harbiy mashg‘ulotlar, harbiy qismlarning tashkiliy tuzilmalari, vazifalari va jangovar imkoniyatlarini o‘z ichiga oladi.

Yangi qoidalar Xitoy harbiylarining faoliyati haqida xorijiy OAVdagi chiqishlarga qanday ta’sir ko‘rsatishi hozircha noma’lum.

Harbiy va mudofaa mavzulariga oid kontent xitoylik internet foydalanuvchilari orasida katta qiziqish uyg‘otadi, ammo rahbariyat maxfiy ma’lumotlar va taxminlar mamlakatning harbiy rivojlanishi va imkoniyatlari haqidagi rasmiy ritorikaga zarar yetkazmasligini ta’minlashga intilmoqda, dedi China Media Project ijrochi direktori Devid Bandurski.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21318 | Инструменты