Maltaning O‘zbekistondagi elchixonasiga birinchi elchi tayinlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov rasmiy Telegram sahifasida ma'lum qildi.
"Maltaning O‘zbekistondagi birinchi elchisi Karmelo Inguanez janoblarining ishonch yorliqlarini qabul qildik. Kun tartibimizdan ikki tomonlama aloqalarning huquqiy asoslarini mustahkamlash, parlamentlar o‘rtasida do‘stlik guruhlarini tashkil etish, iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, turizmni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim sohasida aloqalarni jadallashtirish va munosabatlarini yuksaltirishga qaratilgan boshqa yo‘nalishlar muhokamasi joy oldi", deya yozgan TIV rahbari.
Foto: O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati
Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston va Malta o‘rtasida diplomatik pasport egalari uchun o‘zaro vizasiz rejim joriy qilish to‘g‘risida bitim imzolandi.
Foto: O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati
Eslatib o'tamiz, bundan oldin O‘zbekiston—Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim joriy qilingani haqida xabar bergan edik.
Maqola muallifi: I. Farhodova
Alpha version: 0.9.1.19 build 12416 | Инструменты