Qirg‘izistonning O‘sh shahrida O‘zbekiston Bosh konsulligining rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan o‘tkazilgan ochilish marosimida O‘sh shahri vitse-meri Nurbek Kadirov, Qirg‘iziston prezidentining O‘sh viloyatidagi muxtor vakili Elchibek Jantayev, O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi Xurshid Mirzohidovlar ishtirok etdi.
"Konsullik O‘zbekiston bilan iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni yana-da rivojlantirish, mamlakatdagi o‘zbekistonlik fuqarolarga har tomonlama yordam ko‘rsatish uchun ochiq", — deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122117 | Инструменты