Tojikistonda 14 mingdan ortiq muzliklar mavjud bo‘lib, mintaqadagi suv resurslarining 60 foizini taʼminlaydi. Bu muzliklarning tez erishi butun mintaqaning suv, oziq-ovqat va energetika xavfsizligiga tahdid solmoqda, dedi Tojikiston Atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi Bahodur Sheralizoda. U so‘nggi 30-40 yil ichida respublikada 1000 dan ortiq muzliklar erib ketganini esladi.
Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Masatsugu Asakava, o‘z navbatida, muzliklarni himoya qilish va qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarga 7 yil davomida mintaqaga 3,5 milliard dollar sarmoya kiritish rejalarini aytdi.
Mintaqaviy hamkorlar, jumladan, Ozarbayjon ekologiya vaziri Muxtor Boboyev muzliklarning erishi muammosini hal qilishda yagona yondashuv muhimligini ta’kidladi.
Iqlim vaziyatining yomonlashuvi va muzliklarning qisqarishi suv tanqisligiga olib keladi hamda Markaziy Osiyo va Kavkazdagi qishloq xo‘jaligi va ekotizimlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111521 | Инструменты