O'zbekiston elchixonasi diplomatlari bosh ofisi Akmola viloyati Kokshetau shahrida joylashgan "Atameken-Agro" xolding raisi o'rinbosari Maksim Ulanov bilan onlayn shaklda muzokara o'tkazdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.
Muzokaralar O'zbekiston Prezidentining 2024-yil 17-oktyabrdagi "Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonlarini tartibga solish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori ijrosi doirasida tashkil etildi.
Tomonlar o'zbekistonlik malakali mutaxassislarni xavfsiz, tartibli va qonuniy tartibda ish bilan ta'minlash imkoniyatlari xususida fikr almashdilar.
Qozog'iston vakillari hozirgi kunda xorijlik mutaxassislar uchun 120 ta kvota ajratilganini, kelgusida ushbu kvotalar sonini 500 taga yetkazish rejalashtirilganini ma'lum qildi.
Muzokaralar natijasida, 2025-yilda O'zbekistondan 169 nafar malakali mutaxassislarni ish bilan ta'minlash to'g'risida kelishib olindi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111521 | Инструменты