Germaniya kansleri Olaf Shols Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefonda gaplashdi. Bu ularning 2022 yil dekabridan beri birinchi suhbatidir.
Germaniya hukumati matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Shols Putinni «adolatli va mustahkam tinchlik» uchun Ukraina bilan muzokaralar olib borishga chaqirgan va shu bilan birga Germaniya Ukrainaga kerak bo‘lganda yordam berishga tayyorligini taʼkidlagan.
Matbuot xizmati qisqa xabarida ikki jihatga alohida urg‘u beradi: birinchidan, Shols Rossiyaning Ukrainaga hujumini qoralab, Putinni qo‘shinlarni olib chiqib ketishga chaqirdi, ikkinchidan, Shols Putin bilan gaplashishdan oldin Ukraina prezidenti Zelenskiy bilan gaplashgan va u bilan yana gaplashish niyatida.
Kreml hali Putin va Shols o‘rtasidagi suhbat haqida hech narsa maʼlum qilgani yo‘q.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111523 | Инструменты