Huawei 1
Nodirbek Abdusattorov Hindistondagi turnirning rapid yo‘nalishida 4-o‘rinni egallab, 2 ming dollarni qo‘lga kiritdi

Hindistonning Kalkutta shahrida shaxmat bo‘yicha Tata Steel Chess India turniri bo‘lib o‘tmoqda.

Oltinchi bor o‘tkazilayotgan nufuzli musobaqaning mukofot jamg‘armasi 41 500 AQSH dollarini tashkil etadi. Unda o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov (2742) ham bosh sovrin uchun bahs olib bordi. 

U bugun, 15-noyabr kuni Magnus Karlsen (2825) ga qarshi dona surdi. Qizg‘in kechgan bahs durang bilan yakunlandi.

Shunday qilib, Tata Steel Chess India turniri rapid qismi yakuniga yetdi. Natijalarga ko‘ra, Magnus Karlsen 2 ochko farq bilan 1-o‘rin hamda 10 ming dollar pul mukofotiga ega bo‘ldi. Nodirbek Abdusattorov esa 5 ochko 4-o‘rinni egalladi va 2 ming dollar pul mukofotini qo‘lga kiritdi. Endilikda Abdusattorov turnirning blits qismida bahs olib boradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111522 | Инструменты