Jizzax viloyati perevalida avtobus va yuk mashinasi ishtirokida ayanchli YTH sodir bo‘lgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB YHXB Matbuot xizmati maʼlumot berdi.
30 yanvar kuni soat 13:30 atrofida Jizzax viloyati hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M-39 “Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining 1000 km.da Samarqand - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan yo‘lovchi tashuvchi avtobus o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan avtomobil yo‘llarini tozalash uchun mo‘ljallangan maxsus transport vositasining orqasidan kelib urilishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Ushbu YTH natijasida avtobus haydovchisi, yo‘lovchilari hamda maxsustrans haydovchisiga jiddiy tan jarohati yetmagan. Faqatgina 3 nafar fuqaroga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB JXX YHXB hamda tegishli idoralar tomonidan to‘liq nazoratga olingan va Sharof Rashidov IIB tomonidan dastlabki tergov surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.
Mavzuga oid:
Toshkent shahrida yo'lovchi avtobus yo'lni ajratib turuvchi beton to'siqqa borib urildi
Alpha version: 0.9.1.19 build 13115 | Инструменты