Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, jabrlanuvchining shaxsi aniqlangan. U 2004-yilda tug‘ilgan I. ismli qiz. Ayni paytda u bilan psixologlar va ichki ishlar organlari xodimlari ishlamoqda.
O‘g‘rilikni uyushtirgan yigitning shaxsi ham aniqlandi. U o‘z tanishlari bilan til biriktirgan, 1994-yilda tug‘ilgan A. ismli yigit bo‘lib chiqdi.
"Birinchi o‘g‘rilik uyim yaqinida sodir bo‘ldi. Videoda uchtasi ko‘rinib turibdi. Keyinroq menga tushuntirishlaricha, u kameraga tushishni istamagan. Menda haligacha bitmay kelayotgan kichik chandiqlar qolgan. Bosh bilan urilgandan keyin tez-tez bosh og‘rig‘i paydo bo‘ladi," - dedi qiz.
Mazkur holat yuzasidan JKning 137-moddasi (odam o‘g‘irlash) va 138-moddasi (noqonuniy ravishda zo‘rlik ishlatib ozodlikdan mahrum qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. O‘g‘irlashda ishtirok etgan barcha shaxslar aniqlangan va qo‘lga olingan. Ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Mazkur holat Toshkent shahar IIBB boshlig‘i nazorati ostida. Tergov yakunlangach, qonuniy qaror qabul qilinadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 13113 | Инструменты