O'zbekistondan Kaspiy, Qora dengiz, Sharqiy Xitoy dengizi va Boltiqbo‘yi davlatlari portlarigacha blok-poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Bugun, 27-noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining ilmiy-amaliyot markazida transport-logistika sohasidagi investor va tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda O‘zbekistonni Sharq va G‘arb, Shimol va Janubni bog‘lovchi yirik quruqlik portiga aylantirish uchun barcha imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi. Ayni paytda O‘rta yo‘lak imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilmayapti. Mutasaddilarga Ozarbayjon, Turkmaniston va Gruziya bilan elektron yuk hujjatlarini o‘zaro tan olish bo‘yicha kelishuvlarni yakunlash topshirildi.

Mamlakatdan Kaspiy, Qora dengiz, Sharqiy Xitoy dengizi va Boltiqbo‘yi davlatlari portlarigacha blok-poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yib, bu haqida tadbirkorlarga ma’lum qilish vazifasi qo‘yildi.

Keyingi 10 yilda mamlakatning logistika quvvatlarini 80 million tonnaga yetkazish rejalashtirilgan. Endilikda Xonobod shahri, Olot, Termiz, Yangiyo‘l va Ohangaron tumanlari transport-logistika sohasiga ixtisoslashtiriladi. 

Prezident zamonaviy logistika markazlari yer va mol-mulk soliqlaridan ozod qilinganini eslatdi. Mutasaddilar va hokimlarga bundan unumli foydalanib, investorlar bilan hamkorlikda umumiy qiymati 1,6 milliard dollarlik 9 ta yirik logistika markazini barpo etish topshirildi.

Mavzuga doir:

Toshkent – Chorvoq, Samarqand – Buxoro va Taxtaqoracha dovonidagi yo‘llarda $1,8 mlrdlik loyihalar amalga oshiriladi;

Jahon banki, OTB va boshqa xalqaro banklar bilan Surxondaryo, Qashqadaryo, Sirdaryo, Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi yirik trassalar ta’mirlanadi;

Prezident: Bizga bugun arzon qurilib, ertaga yana budjetdan pul talab qiladigan yo‘l emas, uzoq yil xizmat qiladigan sifatli yo‘l kerak!;

Prezident Jahon banki bilan birgalikda temir yo‘l sohasida yangi tarif siyosati ishlab chiqilganini ma’lum qildi.

2030-yilgacha 545 km temir yo‘l liniyalari quriladi, elektrlashtirilgan yo‘llar ulushi 65% ga, elektropoyezdlar parki 31 taga yetkaziladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112712 | Инструменты