Huawei 1
O‘zbekistonga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolari necha nafarni tashkil etgan?

Statistika agentligining maʼlumotlariga ko‘ra,  2024 yilning yanvar-avgust oylarida jami 5,04 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 721 ming nafarga yoki 16,7 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:

Tojikiston – 1,47 mln nafar;

Qirg‘iz Respublikasi – 1,45 mln nafar;

Qozog‘iston – 1,02 mln nafar;

Rossiya – 535,1 ming nafar;

Turkmaniston – 102,9 ming nafar;

Turkiya – 72,9 ming nafar;

Xitoy – 42 ming nafar;

Hindiston – 39,1 ming nafar;

Janubiy Koreya – 28,2 ming nafar;

Italiya – 25,2 ming nafar;

boshqa davlatlar – 251,3 ming nafar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92323 | Инструменты