Huawei 1
Toshkent va Navoiyda my.gov.uz, “Inson” markazlari orqali oilaviy shifokorlarga murojaat qilish imkoniyati yaratildi

AOKAda Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi rahbariyati ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida yangi tartibdagi nogironlikni belgilash, inklyuziv jamiyat va bandlik masalalari yuzasidan maʼlumot berildi:

Joriy yil 1 sentyabrdan boshlab, Toshkent shahri va Navoiy viloyatining tuman va shaharlarida bosqichma-bosqich eksperiment tariqasida, my.gov.uz, “Inson” markazlari yoki ijtimoiy xodimlar orqali oilaviy shifokorlarga murojaat qilish imkoniyati yaratildi.

Bunda “Inson” markazlari xodimlari tomonidan JSS nogironlikni baholash shkalasining mahalliy xususiyatlar va shart-sharoitlarga moslashtirilgan mezonlari asosida 18 yosh va undan katta shaxslarning funsionalligini baholash tartibi joriy etildi.

Nogironlikni belgilash jarayonida avtomatik tarzda muhtojlik belgilanib,  kerakli POM (protez ortopediya moslamalari) va RTV (reabilitatsiya qilishning texnika vositalari) mahsulotlari uchun vaucher shakllantiriladi. Elektron tijorat yoki my.ihma.uz dagi shaxsiy akkaunt orqali muhtoj shaxs kerakli vositaga buyurtma berishi va foydalanishi mumkin bo‘ladi.

May oyidan buyon hozirgacha ushbu tizim orqali 43 mingdan ortiq vaucher shakllantirildi. Shundan 22500 nafar fuqaro o‘ziga kerakli mahsulotlariga buyurtma qilgan. Shundan 17500 nafardan ortiq fuqaroga kerakli vositalar yetkazib berilgan. 5000 tasi yetkazib berish jarayonida.

Protez olgan va boshqa nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyatga integratsiyasini taʼminlash masalalariga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bunda fuqarolarning bandligini taʼminlash, kasbga va sportga yo‘naltirish bo‘yicha muhim qadamlar tashlandi. 

Xususan, joriy yilning fevral oyida davlat idoralarida 20 ming nafar, tijorat bandlarida esa 1 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini taʼminlash bo‘yicha yangi hamkorlik tizimi ishga tushdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92323 | Инструменты