Huawei 1
Toshkentda “Lazzatli O‘zbekiston” xalqaro gastronomik festival o'tkazildi

Toshkentning "Navro‘z" bog‘ida 20-22-sentyabr kunlari tashkil etilgan "Lazzatli O'zbekiston" xalqaro gastronomik festival yakunlandi.

Festival o‘zbek oshxonasini va milliy brend taomlarini jahon miqyosida targ‘ib qilishga xizmat qildi. U O‘zbekistonning noyob pazandachilik an’analarini namoyish etdi, milliy oshxonaning boyligi va turliligini oshkor qildi, shuningdek, mamlakatni muhim gastronomik yo‘nalish sifatida mustahkamladi.

3 kun davomida mamlakatimizning barcha viloyatlaridan kelgan tajribali oshpazlar tomonidan turli taomlar tayyorlandi. Tadbirda mahalliy ustalardan tashqari xorijlik mutaxassislar ham ishtirok etib, mahorat saboqlari o‘tkazdilar.

“Lazzatli O‘zbekiston” ishtirokchilari qator nominatsiyalar bo‘yicha, xususan, “Gastronomik turizmni rivojlanishiga qo‘shgan katta hissasi uchun”, “Milliy taomlarni saqlanib qolinishiga qo‘shgan hissasi uchun”, “Mehnat sevarligi va milliy an’analarga sodiqligi uchun”, “Eng zo‘r bezatilgan ko‘rgazma stendi uchun” va boshqalar uchun sertifikatlar bilan taqdirlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92323 | Инструменты