O'zbekistonning sobiq bosh prokurorlari Rashidjon Qodirov va Ixtiyor Abdullayevlar hozir koloniyada lozim tikib, chinni idishga naqsh solish bilan band. Ularning hech qanday shikoyati yo'q.
Qamoqxonada ikki sobiq Bosh prokuror bilan gaplashdim, deya Facebookdapost joylagan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili qoshidagi komissiyasi a'zosi O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov.
U aynan shu koloniyada saqlanayotgan O‘zbekistonning ikki sobiq bosh prokurori - Rashidjon Qodirov va Ixtiyor Abdullayev bilan IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi tizimidagi 22-sonli koloniyada o'tkazilgan monitoringda uchrashgan.
Ma'lum bo'lishicha, 1200 nafar mahkumni saqlashga mo'ljallangan mazkur koloniyada hozirgi kunda 273 nafar mahkum jazo muddatini o'tamoqda.
Koloniyaning boshqa turdoshlaridan sharoit nuqtai nazaridan deyarli farqi yo'qligi aytilgan. Qamoxonalarga belgilangan standartlar asosida tibbiyot, o'quv, ovqatlanish va ishlab chiqarish bo'limlari tashkil qilingan.
"Xullas, qamoqxona sharoiti, umumiy ahvol, mahkumlarga munosabat masalasida muammolar ko'pam ko'zga tashlanmaydi. Har holda “chest mundira”, “qarg'a qarg'aning ko'zini cho'qimas” singari beo'xshov matallarga ergashilsa, bu yerda muammolarning kamligini tushunish mumkin bo'ladi.
Bu o'rinda jamoatchilikni ko'proq qiziqtiradigan manzara bor edi, ya'ni bu yerda jazo muddatini o'tayotgan yuqori darajadagi mulozimlar: sobiq Bosh prokurorlar Rashidjon Qodirov, Ixtiyor Abdullayev, sobiq MXX katta zobiti Javdat Sharifxo'jayev, Bosh prokuror o'rinbosari Ulug'bek Sunnatov va Xurramovlar.
Avval mamlakatimizga uch muddat Bosh prokurorlik qilgan Rashitjon Qodirov bilan suhbatlashdik. U kishidan sharoitlar, mahkumlarga muomala haqida so'radim. Har holda hushyor odam — yaqin bir oyda manzil koloniyaga chiqishini, shikoyatlari yo'qligini, BMT strukturalariga qiynoqlar bo'yicha shikoyat qilmaganini, sog'lig'i yaxshiligini aytdi", - degan Tashanov.
Qodirov “Yurak bo'yicha avvalroq sangorodda davolangandik, hozir hammasi yaxshi” deya javob bergan.
Bundan tashqari, "Ko'rdikki, sobiq Bosh prokuror Rashitjon Qodirov hozirda tikuv sexida ishlamoqda. Uning qo'lidan chiqqan guldor matolardan tikilgan bejirim ayollar ko'ylagi, lozimi va boshqa ashyolar ko'zni quvontiradi.
Sheriklarimiz rasmlarga olishdi, hademay bu rasmlar chop qilinsa kerak.
General Abdullayevni chinni sexida idishga naqsh solayotgan jarayonda uchratdim. Ungacha muassasaning tibbiy bo'limiga kirib, u kishining tibbiy kartasi bilan tanishgandim.
Hujjatga ko'ra, Abdullayev O'zbekiston Respublikasi JKning 242- va 301-moddalari bilan 16 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Unga nisbatan yaqin orada ikki marta o'tkailgan Koronavirus testi manfiy chiqqan. Bo'yin umurtqa pog'ona qismidagi og'riqdan shikoyat qilgan.
Ko'zining ko'rish darajasi birinchi ko'zda +1 va ikkinchi sohada +2,58.
Tibbiyot qismi okkulistining aytishicha, Abdullayev 2017 yilda Germaniyada ko'z gavharlarini almashtirish bilan bog'liq jarrohlik amaliyoti o'tkazgan. Ya'ni, ko'z xastaligi tergov yoki zonada orttirilmagan."- deya ushbu monitoringni xotirlagan “Ezgulik” jamiyati raisi.
Tashanov shuningdek, Sobiq Bosh prokurorga uning otasi va o'g'li bir qancha OAV orqali jamiyatchilik va prezidentga murojaat qilgani, unga nisbatan qiynoqlar qo'llanilgani va hozirda uni yaqinlari bilan ko'rishtirishmayotgani, izolyatsiyada saqlanayotgani haqida bayonotlar berishayotganini aytgan.
"U kishi “hammasi yaxshi bo'ladi, bu gaplar prezidentimizga yetib borsa, adolat qiladilar”dan nariga o'tmadi."- deya javob berganini aytgan.
Ta'kidlash kerakki, ikki sobiq Bosh prokuror ham o'ta ehtiyotkorlik bilan muomalada bo'ldi. To'g'rirog'i, komissiyalarning nimaligi, qayergacha bora olishini o'tmishdagi faoliyati orqali yaxshi biladigan bu mulozimlar vaziyatni murakkablashtirib o'tirishmadi. Har holda menga shunday tuyuldi.
Sexlardan chiqayotib, sobiq MXX polkovnigi Javdat Sharifxo'jayev bilan ko'rishdim. U gapni qisqa qilib, hech qanday shikoyati yo'qligini ta'kidlagan holda qochib qoldi...
Yana bir ma'lumot. Ijtimoiy tarmoqlarga yaxshi tanish bo'lgan MXX polkovnigi Nodir To'raqulov yaqin-yaqingacha shu yerda ekan — Jasliqqa (umrbod)ga o'tkazishibdi.
Hamtovog'i Shuhrat G'ulomovning oldiga ketibdi.
Umuman, koloniyadagi manzara meni qoniqtirdi. Masalan, siyosiy ahamiyatga molik bo'lgani uchun Bosh prokurorlarga alohida mulozamat yoki kuzatuv yo'q. Alohida osh-ovqat ham ajratilmagan. Ko'pchilik nima bo'lsa, shu.
Koloniyaning kattagina qismi ta'mirda ekan. Oshxonadagi osh-ovqatlar yomonmas. Kutubxona, sport zallari va zerikib qolmaslik va pul topish uchun tashkil qilingan sexlar shular jumlasiga kiradi.
"G'alatiroq taassurotlar bilan qaytdim. Bir paytlar u bilan suhbatlashish, so'roqqa tutish tugul oldiga bora olmaganimiz bu odamlar bugun mahzun, avvalgi salobatdan asar ham yo'q..." - deya o'z taassurotini yakunlagan Tashanov.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10717 | Инструменты