Huawei 1
7-yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

"Himoya orderi"ni olishga my.gov.uz orqali ariza topshirish yo‘lga qo‘yildi

Endi tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollar my.gov.uz portali orqali "Himoya orderi"ni olish uchun onlayn ariza topshirishlari mumkin.

Ish vaqtida vafot etgan xodimning oila aʼzolariga 485,7 million so‘m mablag’ to’lanishi belgilandi

Andijonlik ayolning turmush o‘rtog‘i mehnat vazifalarini bajarayotgan vaqtda tan jarohati olib vafot etgan. Ayol boquvchisini yo'qotganligi uchun korxona tomonidan to'lanishi lozim bo'lgan bir martalik nafaqa hamda oyma-oy zarar to'lovlarini undirishda amaliy yordam so‘rab Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasiga murojaat qilgan.

O‘zbekistondagi vazirlik va hokimliklarga mebel va ofis jihozlari xarajatlarini qisqartirish topshirildi

Davlat organlariga ish haqini oshirish, xizmat avtomobillari, qimmatbaho mebel va ofis jihozlarini sotib olish bo‘yicha takliflar kiritish taqiqlanadi.

Qanot Sharq aviakompaniyasi bir qator reyslarni bekor qildi

O‘zbekistonning Qanot Sharq aviakompaniyasi 20 yanvardan 6 martgacha bo‘lgan davrda bir qator reyslar, jumladan, Rossiyaga parvozlar vaqtinchalik bekor etilganini ma’lum qildi.

O‘zbekiston IQ ko‘rsatkichi reytingida yuqoriladi

Mamlakat IQ darajasini aniqlash bo‘yicha reytingdagi 127 davlat ichida 69-o‘rinni egalladi.

Dam olish uchun foydalaniladigan yerlarni muhofaza qilishni kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi ko'rib chiqildi

Qonun loyihasida davlat mulki hisoblangan hamda aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni yoki ularning bir qismini xususiylashtirish yoxud boshqacha tarzda begonalashtirish, ushbu yerlarda binolar va inshootlarni qurish (bundan yengil turdagi obyektlar mustasno) yoki mavjud binolar va inshootlarning qurilish maydonlarini kengaytirish, shuningdek bu yerlarning hududini qisqartirish taqiqlanmoqda.

O‘zbekiston jahon pasportlari reytingida 68-o‘rinni egalladi

Indeksni tuzishda kompaniya pasportlarni ularning egalari vizasiz yoki xorijiy davlatga kelganida viza olish orqali qancha davlatga borishi mumkinligiga qarab baholadi.

Elektron sigaretalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun javobgarlik belgilanmoqda

Qonun loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasida nikotinni iste’mol qilish moslamalari, shu jumladan elektron sigaretalar va ular uchun suyuqliklarning muomalasi (ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, O‘zbekiston hududiga olib kirish, olib chiqish) taqiqlanmoqda. Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilindi.

“Umra” ziyoratiga jo‘natish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

Barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toshkentda avtobusda naqd pul to‘lashga uringan yo‘lovchilar jarimaga tortiladi

Yo‘lovchiga BHMning 1/10 qismi (37,5 ming so‘m) miqdorida jarima solinishi mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10817 | Инструменты