Huawei 1
Qashqadaryoda 103 tup daraxt noqonuniy ravishda kesib tashlandi

Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida 103 tup daraxt noqonuniy ravishda kesib tashlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

Viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tekshirishda 2025-yilning 11-fevral kuni Ko‘kdala tumani Sho‘rquduq mahallasi hududidagi yer maydonida fuqaro N.O. tomonidan yakka qator qilib ekilgan 103 tup ko‘ktol daraxti noqonuniy ravishda butunlay kesilgani aniqlangan.

Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 2-qismi (Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovni tashkillashtirish uchun tuman IIBga yuborildi.

Holat Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31221 | Инструменты