Huawei 1
WSJ: Xitoy harbiy salohiyatini oshirish uchun okean tubini faol o‘rganmoqda

The Wall Street Journal (WSJ) tomonidan intervyu olingan ekspertlar va olimlarning ma’lum qilishicha, Xitoy so‘nggi vaqtlarda o‘zining hududiy suvlari tashqarisida okean tubini o‘rganish faolligini sezilarli darajada oshirgan. Xitoy kemalari Tailand, Indoneziya, Malayziya, Shri-Lanka va Hindiston sohillari yaqinida kuzatilgan.

Xabarlarga ko‘ra, Xitoyning fuqaro kemalari okean tubining relyefi, oqimlarning kuchi va yo‘nalishi, suvning sirt, qatlam va tubdagi harorati hamda mikroelementlar tarkibini o‘rganmoqda. Ayrim ekspertlar bu tadqiqotlar okeandagi foydali qazilmalarni qazib olish istiqbollarini aniqlash uchun olib borilayotganini taxmin qilsa, boshqalar bunday ma’lumotlar harbiy va razvedka maqsadlarida ham qo‘llanilishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda. Xususan, bu ma’lumotlar gidroakustik suzgichlar yoki hatto minalarni o‘rnatish uchun ishlatilishi ehtimoli bor.

“Agar bu ma’lumotlar Xitoy harbiylari uchun foydali bo‘lsa va ular ularga kirish imkoniyatiga ega bo‘lishni istasa, ular bu imkoniyatni albatta qo‘lga kiritishadi. Bu borada hech qanday cheklovlar yo‘q”, deydi WSJ'ning Xitoy tadqiqotlari bo‘yicha Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi katta ilmiy xodimi Mettyu Funayole.

Bundan tashqari, dengiz oqimlari va suv zichligi haqidagi ma’lumotlar suv osti kemalarining maksimal darajada shovqinsiz harakatlanishi uchun optimal yo‘nalishlarni aniqlashga yordam berishi mumkin. 

“Okeanning turli qismlarida tovush turlicha tarqaladi. Agar siz, shuningdek, okean tubining konturlarini tushunsangiz, bu juda muhim ma’lumot bo‘lishi mumkin”, dedi Yel universiteti katta ilmiy xodimi Piter Datton.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31220 | Инструменты