Huawei 1
Prezident daraxt ekishni ommalashtirish, umummilliy harakatga aylantirishda targ‘ibot va tushuntirish ishlari yetarlicha olib borilmayotganini aytdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yashil makon” loyihasi doirasida bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish hamda chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo'lib o'tmoqda

Yig'ilishda avtomobil va temir yo‘l bo‘ylari, daryo va kanal yoqalarida, mahallada, ko‘chada, ko‘p qavatli massivlarda daraxt va gul ekish, ozodalikni taʼminlash ishlari sustligi ko‘rsatib o‘tildi.

Qurilish tashkilotlari, sement, g‘isht, ohak, neft-gaz va kimyo, bo‘yoq, charm mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar, issiqlik korxonalari, yoqilg‘i quyish shoxobchalari o‘z faoliyati bilan atrof-muhitga ko‘rsatayotgan taʼsiriga yarasha daraxt ekish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatmayotgani qayd etildi.

Umuman, daraxt ekishni ommalashtirish, umummilliy harakatga aylantirishda targ‘ibot va tushuntirish ishlari yetarlicha olib borilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Davlat rahbari “Yashil makon” doirasidagi ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

Toshkent viloyatida daraxt ekish bo‘yicha boshlangan loyihaga ko‘ra, Nurafshon, Bekobod shahri, O‘rtachirchiq, Toshkent va Ohangaron tumanlari hududidan 34 gektar yer 30 yil muddatga obodonlashtirish boshqarmalariga beriladi. Har 1 gektar uchun mahalliy byudjetdan 100 million so‘m ajratilib, tomchilatib sug‘orish tizimi joriy qilinadi. Yer tayyor holga keltirilib, daraxt ekish xohishi bor aholiga o‘zi istagan turdagi ko‘chatni ekishi uchun sharoit yaratiladi.

Bu tashabbus maʼqullanib, har bir viloyatda kamida 20 gektardan yer ajratib, ushbu tajribani boshlash topshirildi. Viloyat markazlari, Toshkent va Nukus shaharlaridagi kamida 2 tadan markaziy ko‘chada mahalliy iqlimga mos gul ko‘chatlarini ekib, ularni tematik ko‘chaga aylantirish muhimligi taʼkidlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110804 | Инструменты