Huawei 1
Prezident Senat aʼzosi etib saylanganlarni samimiy muborakbod etdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi chaqiriq Oliy Majlis Senatining birinchi majlisida ishtirok etmoqda.

Davlat rahbari o‘z nutqida yuksak ishonchga sazovor bo‘lib, Senat aʼzosi etib saylanganlarni samimiy muborakbod etdi. Senatorlar Yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalqimiz uchun tinch va osoyishta, erkin va farovon hayot yaratish yo‘lida bor bilim va tajribasini, kuch va salohiyatini ishga solishiga umid bildirdi.

Saylovlar natijasida beshinchi chaqiriq Senatning tarkibi sifat jihatidan yuqori darajada – ko‘plab yetakchi soha va tarmoqlar vakillari, taniqli siyosat, iqtisodiyot, ilm-fan va madaniyat namoyandalaridan iborat bo‘lib shakllangani taʼkidlandi.

Senatorlarning har 3 nafaridan biri ilmiy darajaga ega. Qariyb 27 foizi yoki 16 nafari xotin-qizlar ekani oila, onalik va bolalik, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, umuman, ijtimoiy masalalar bo‘yicha qonunchilik faoliyati hamda parlament nazoratini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mamlakatimizda bo‘lib o‘tgan saylovlar mahalliy kengashlar faoliyatida ham yangi davrni boshlab berayotgani taʼkidlandi.

Yangi saylangan mahalliy kengashlar tarkibi va maqomiga ko‘ra oldingi holatdan mutlaqo farq qiladi. Ularning tarkibi qariyb 60 foizga yangilanib, 3 mingdan ortiq yurtdoshlarimiz ilk bor deputat bo‘lgani ham shundan dalolat beradi.

Ayniqsa, kengashlarda ayol deputatlar ulushi 32 foizga yetgani, 30 yoshgacha bo‘lgan deputatlar soni 3,5 karra oshgani Senat faoliyatini endilikda yangicha yondashuv va qarashlar asosida tashkil etishda muhim rol o‘ynaydi.

Turli mintaqalardagi qonli to‘qnashuvlar, ekologik va texnogen fojialar, iqlim o‘zgarishlari, iqtisodiy inqirozlar, terrorizm va ekstremizm tahdidlari, qochoqlar muammolari tobora kuchayib bormoqda.

Mana shunday tahlikali vaziyatda faqat kuchli iroda, birlik va hamjihatlik, qattiq mehnat bilangina yurtimizda tinchlik va taraqqiyotni taʼminlashga erisha olishimiz taʼkidlandi.

Mahalliy kengashlarga saylangan deputatlar ana shu o‘tkir haqiqatni, o‘z zimmalaridagi ulkan masʼuliyatni chuqur anglab ish olib borishiga ishonch bildirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111913 | Инструменты