Huawei 1
Qozog‘iston va O‘zbekiston fuqarolari uchun yengillik yaratilmoqda

Qozog‘iston Senati deputatlari 28 mart kuni bo‘lib o‘tgan palata yalpi majlisida Qozog‘iston va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida fuqarolarning o‘zaro sayohatlari shartlari to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi bayonnomani ratifikatsiya qildi hamda imzolash uchun prezidentga yubordi. 

Hujjatga ko‘ra, har ikki davlat o‘z fuqarolarining bir birining hududida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tmasdan bo‘lish muddatini 5 kundan 30 kungacha oshiriladi.

Agar bir davlat fuqarosining ikkinchi davlat hududida bo‘lish muddati 30 kundan ortiq bo‘lsa, bu fuqaro o‘zi bo‘lib turgan davlatning vakolatli organlaridan vaqtinchalik yashash (vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish) uchun ruxsatnoma olishi shart.

Bunda qayd etilishicha, ushbu bayonnoma ratifikatsiya qilingan taqdirda uni amalga oshirish salbiy ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy oqibatlar keltirib chiqarmaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110804 | Инструменты