Huawei 1
Qozog‘iston va O‘zbekiston Sirdaryo bo‘yida 10 ta o‘lchash stansiyasi o‘rnatadi

O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev Qozog‘iston Suv xo‘jaligi va irrigatsiya vaziri Nurjon Nurjigitov bilan uchrashdi. Tomonlar ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Suv xo‘jaligi va irrigatsiya vazirligi xabar berdi.

Bildirilishicha, vazirlar o‘lchash stansiyalarini avtomatlashtirish va Sirdaryodagi suv hisobini raqamlashtirish masalalarini muhokama qilgan. Bugungi kunda Qozog‘iston va O‘zbekiston 10 ta punkt bo‘yicha kelishib olgan, ularda zamonaviy suv hisoblagichlarini o‘rnatish rejalashtirilgan.

Nurjon Nurjigitov mazkur loyihani hamkorlikda amalga oshirish yuzasidan xalqaro moliya tashkilotlari va kompaniyalari bilan muzokaralar olib borilayotganini alohida ta’kidladi.

Tomonlar, shuningdek, Norin-Sirdaryo kaskadi suv omborlarining kelasi yilgi sug‘orishdan oldingi mavsumi uchun ishlash rejimlarini ham muhokama qilgan.

Qayd etilishicha, Markaziy Osiyo davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtiruvchi komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida suv omborlarini ishga tushirish bo‘yicha prognoz jadvali tuziladi va suv ta’minoti hajmlari tasdiqlanadi.

Bundan tashqari, tomonlar suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha Mintaqaviy strategiyani ishlab chiqishni muhokama qilgan. Muzokaralar yakunida vazirlar uchrashuv bayonnomasini imzoladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92321 | Инструменты