Huawei 1
Quvayt elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayapti

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O‘zbekisondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Kuvayt elchisi Ahmad Xolid Al-Jiranni qabul qildi.

Bu haqda TIV rahbari o‘zining Telegram kanalida maʼlum qildi.

«Quvaytning O‘zbekistondagi Elchisi Ahmad Xolid Al-Jiran janoblari bilan xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdik.

O‘zbekiston va Quvayt rishtalari har bir yo‘nalishda o‘sish surʼatini namoyon etmoqda. Biz janob Elchiga o‘z faoliyati davomida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni boyitishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorligimizni bildiramiz. Unga keyingi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz», – deb yozadi vazir.

Eslatib o‘tamiz, Ahmad Xolid Al-Jiran 2015 yil dekabr oyida O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligiga Kuvaytning mamlakatimizdagi elchisi sifatidagi ishonch yorliqlari nusxalarini topshirgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91720 | Инструменты