Huawei 1
Rossiya shaharlaridan Toshkent orqali boshqa davlatlarga bog‘lovchi reyslar tashkil etiladi

Moskvada turizm sohasida hamkorlik bo‘yicha Rossiya–O‘zbekiston quyi qo‘mitasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirni O‘zbekiston Turizm qo‘mitasining birinchi o‘rinbosari Jamshid Abdusalomov va Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari Dmitriy Vaxrukov olib bordi.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar, xususan, avval qabul qilingan qaror va hujjatlar ijrosi, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida sayyohlik oqimini ko‘paytirish uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha hukumatlararo harakatlar rejasi hamda ikki davlat o‘rtasida 2025-2026-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi muhokama qilindi.

Shuningdek, Rossiya shaharlaridan Toshkent orqali boshqa davlatlarga bog‘lovchi reyslarni tashkil etish va 2024-2025-yillarda Rossiyada "O‘zbekiston turizm yili"ni o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.

"O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida 2024-yilning birinchi choragidagi sayyohlik oqimi ko‘rsatkichi 2023-yilga qaraganda 20 foizdan ko‘proqqa oshdi", – deb ta’kidladi Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari Dmitriy Vaxrukov.

Uchrashuv yakunida turizm sohasidagi hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Rossiya quyi qo‘mita yig‘ilishining bayonnomasi imzolandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92809 | Инструменты