Huawei 1
Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston olima ayollari forumida ishtirok etdi

11 fevral kuni O‘zbekiston olima ayollari forumida Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar kuni nishonlandi. Bu haqda prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanalida yozib qoldirdi.

«Mamlakatimizda ilm-fan sohasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor ahamiyatga ega ekanidan faxrlanaman», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda olimlarning 48 foizini ayollar tashkil etadi.

«Ularning izlanishlari, kashfiyotlari va fidoyiligi ilhom baxsh etadi va ilm-fan ularga, ular esa ilm-fanga kerakligini ko‘rsatadi. Biz xalqaro hamjamiyat bilan ilm-fan tinchlik va farovonlikka xizmat qiladigan kelajakni bunyod etish yo‘lida birgalikda harakat qilamiz», — deydi prezident yordamchisi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21214 | Инструменты