Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan go‘dak bolani onasi urayotgani aks etgan video yuzasidan Bolalar ombudsmani o'rganish o'tkazdi.
Olib borilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, videodagi holat bir yil avval sodir bo‘lganligi aniqlandi.
Xususan, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida yashovchi fuqaro T. M (2001-yilda tug‘ilgan ayol) 2024-yilning may oyida sobiq turmush o‘rtog‘i A. Q (1994-yilda tug‘ilgan erkak) bilan janjallashib, bola uchun aliment va boshqa moddiy ta’minot bermaganligi vaji bilan bolani otasiga bosim qilib qo‘rqitish maqsadida video qo‘ng‘iroq qilib, farzandi A. R (2023-yilda tug‘ilgan qiz) ni urib tasvirga olgan va uni sobiq turmush o‘rtog‘iga yuborganligi aniqlangan.
Tergovga qadar tekshiruvda bolani sog‘lig‘iga zarar yetmaganligi aniqlanganligi sababli 14.05.2024 yilda holat yuzasidan ayol MJtKning tegishli moddalari bilan huquqbuzarlik sodir qilgan deb topilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Sariosiyo tuman sudi tomonidan uning javobgarligi masalasi hal etilgan.
Hozirda T. M. sobiq turmush o‘rtog‘i va uning oila a’zolari bilan o‘zaro nizo vaziyatida bo‘lib, bu borada tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Qoraqalpog‘istondagi bog‘chada tarbiyachilar bolalarni kaltaklagani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21214 | Инструменты