Huawei 1
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

16-fevral kuni Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Davlat rahbarlari o‘zaro savdoni ko‘paytirish, yetakchi korxonalarning sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, qo‘shma Loyihalar ofisi doirasida ustuvor tarmoqlardagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.

Shu ma’noda, “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro ko‘rgazmasi va O‘zbekiston-Rossiya hududlar forumini o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.

Ikki davlat yetakchilari madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish masalalari yuzasidan ham fikr almashib, bo‘lajak tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdilar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20320 | Инструменты