Andijon viloyatida 37 yoshli erkak qo‘shnisining 13 yoshli qiziga pul evaziga jinsiy aloqa taklif qilgan, uning ayoli esa bunda vositachi bo‘lgan. Bu haqda “Sukut saqlama” loyihasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2024 yil noyabr oyida ish sudda ko‘rilgan. Sudlanuvchining guvohligiga ko‘ra, 1987 yilda tug‘ilgan B.O. rafiqasi bilan bo‘lgan intim ehtiyojlarini qondira olmagan va unga qo‘shnisi 2011 yilda tug‘ilgan M.ni olib kelishini aytgan. Biroq uning so‘zlariga ko‘ra, u uxlab qolgan va keyin nima bo‘lganini eslay olmagan.
Voyaga yetmagan M. sudda o‘sha kuni qo‘shnisi uni uyiga olib kelib, eri bilan jinsiy aloqada bo‘lishini aytganini ma’lum qilgan. Ayol, shuningdek, o‘smir “hech narsani ko‘rmasligi va og‘riqni his qilmasligi” uchun ko‘zini bog‘lab qo‘yishini aytgan va buning uchun 50 ming so‘m taklif qilgan. Qizcha rad etgach, suhbatga erkak aralashgan va agar u rozi bo‘lsa, 100 ming so‘m to‘lashini aytgan. Qizcha qo‘rqib ketib, qochib ketgan.
Voyaga yetmagan qizning onasi sudda qizlari M. va R. unga qo‘ng‘iroq qilib, M.ni qo‘shni erkak o‘zining jinsiy ehtiyojlarini qondirishi uchun uyiga olib ketishganini aytgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, tan jarohati yoki zo‘ravonlik holati bo‘lmaganini, ammo shikoyatni qanoatlantirishni so‘ragan. Uning fikricha, erkak va uning rafiqasi harakatlarida jinoyat belgilari bo‘lishi mumkin. Shu bois ona birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilib, ish materiallarini prokuraturaga yuborishni so‘ragan.
Birinchi instansiya sudi B.O. va uning rafiqasi harakatlari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41−1-moddasi 1-qismi “Shahvoniy shilqimlik” bilan to‘g‘ri kvalifikatsiya qilingan deb topgan. Erkakka 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi, xotiniga esa davlat foydasiga 750 ming so‘m jarima jazosi tayinlangan.
Apellyatsiya sudi esa ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qarorni o‘zgarishsiz qoldirib, jinoyat ishini qo‘zg‘atish zarurligi to‘g‘risidagi arizaga rozi bo‘lmagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20320 | Инструменты