Huawei 1
Shohruxmirzo Mamajonov Andijon viloyati SSBga boshliq etib tayinlandi

Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Shohruxmirzo Mamajonov tayinlandi.

Shohruhmirzo Mamajonov 1982-yili Shahrixon tumanida tug‘ilgan. 2006 yili Andijon davlat tibbiyot institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida sog‘likni saqlash tizimida mutaxassis, uslubchi vrach, bo‘lim boshlig‘i, mudir, boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari kabi bir qancha lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Ushbu lavozimiga tayinlanguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Fan-taʼlim va innovatsiyalar boshqarmasi malaka oshirish va qayta tayyorlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100612 | Инструменты