O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi delegatsiya joriy yilning 23-25-aprel kunlari Turkiya Respublikasiga tashrif buyuradi.
Tashrif doirasida:
- Mustafo Kamol Otaturk maqbarasi “Anitkabir” ziyorati
- Turkiya Buyuk millat majlisi raisi Numan Kurtulmush bilan uchrashuv
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi Bayonnomani imzolash marosimi
- Turkiya Respublikasi Oila va ijtimoiy xizmatlar vaziri Mahinur Ozdemir Gyoktash bilan uchrashuv bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты