O'zbekiston tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Muzaffar Madrahimov bugun Yevropa davlatlarining qator elchilari bilan alohida uchrashuvlar o'tkazdi.
TIV ma'lumotiga ko'ra, elchilar Toyvo Klaar (Yevropa Ittifoqi), Oreliya Bushez (Fransiya), Lyubomir Frebort (Chexiya), Olgan Bekar (Turkiya), Manfred Xuterer (Germaniya) hamda Daniel Chobanu (Ruminiya) bilan alohida uchrashuvlar va muzokaralar o'tkazildi.
Muzokaralarda ikki va ko'p tomonlama hamkorlik kun tartibidan o'rin egallagan muhim masalalar muhokama qilindi. Hamkorlik va sheriklik munosabatlarini yana-da kengaytirish yuzasidan fikr almashildi. Bo'lajak qo'shma tadbirlar rejalari ham ko'rib chiqildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122116 | Инструменты