Toshkent shahar Chilonzor tumaniga Saidqahhor Xolxo‘jayev hokim etib tayinlandi.
U 1981-yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 2006-yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan.
Yangi hokim tayinlovga qadar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Toshkent shahar hokimining farmoyishiga asosan, Chilonzor tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Jamoliddin Xodjimanov shu tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchisi etib tayinlangandi.
Ushbu tumanning oldingi hokimi yoʻl kengaytirilishi sabab yuzdan ortiq daraxtlarining ildiz qismi shikastlangani uchun lavozimidan ozod etilgandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42608 | Инструменты