Toshkent shahar hokimi deputat etib saylandi

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 104-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada dastlab Toshkent shahar hududiy saylov komissiyasining raisi Abdulla Magrupov  "Toshkent shahrida bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga bo‘lib o‘tgan saylov natijalari to‘g‘risida" ma’lumot berdi. 

Berilgan ma’lumotga ko‘ra, Toshkent shahri, Yunusobod tumani "Turkiston-53" saylov okrugida bo‘shab qolgan deputatlik o‘rniga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzodi ko‘rsatilgan Shavkat Umurzakov Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining deputati etib saylangani aytib o'tildi.

Shuningdek, sessiya kun tartibidan Yakkasaroy va Yangihayot tumanlaridagi ayrim aholi punktlarining tarkibiy qismlarini nomlash va qayta nomlash to‘g‘risida, Toshkent shahridagi muqobil korxonalar tomonidan maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlarini takomillashtirish, Xalq deputatlari Kengashida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning hisobotini eshitish kabi poytaxtimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid qator masalalar o‘rin olgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70413 | Инструменты