Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumani hokimligi tashkil etildi. Tuman hududidagi tadbirkorlarning pochta manzili bepul o‘zgartiriladi
Prezident qarori bilan Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumani hokimligi tashkil etildi. Bu haqda huquqiy axborot kanali ma'lum qildi.
Yangihayot tumaniga o'tkazilgan hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning pochta manzili ulardan ariza yoki ma'lumot talab qilmagan holda to'g'ridan-to'g'ri elektron tizim orqali bepul o'zgartiriladi.
Eslatib o'tamiz, Yangihayot tumani Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2020 yil sentyabrdagi tegishli qarorlari asosida tashkil etilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12710 | Инструменты