Huawei 1
Surxondaryoda “Damas” urib yuborgan 1-sinf o‘quvchisi halok bo‘ldi

Surxondaryo viloyati Termiz tumanida “Damas” urib yuborgan 8 yoshli bola halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Hodisa 2025 yil 23 yanvar kuni sodir bo‘lgan. M-41 avtomobil yo‘lining Termiz tumani hududidan o‘tgan qismida Termiz-Sho‘rchi yo‘nalishida harakatlanayotgan “Damas” mashinasi yo‘lni kesib o‘tayotgan bolani urib yuborgan.

Oqibatda Termiz tumanidagi 17-maktabning 1-sinf o‘quvchisi bo‘lgan bola og‘ir tan jarohatlari olgan va ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

Qayd etilishicha, holat yuz bergan mahallada YPX mutasaddilar ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazilgan va unda haydovchilar ham ota-onalar hushyorlikka chaqirilgan.

Avvalroq, Farg‘onada mast haydovchi boshqaruvidagi Damas urib yuborgan ikki kishi vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12712 | Инструменты