Huawei 1
Xalqaro kuzatuvchi saylovchilarning faolligini e’tirof etdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi ko‘tarinki ruhda davom etmoqda. Mamlakatimizdagi saylov jarayonlarini 800 dan ortiq xorijiy va xalqaro kuzatuvchilar kuzatib bormoqda.

Germaniyaning “Berliner Telegraph” gazetasi muxbiri Tatyana Xekker xonim yurtimizdagi saylov jarayonlari va saylovchilarning saylovga munosabati xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.  

—  Biz kecha Buxoro shahrida ikkita saylov uchastkasida bo‘ldik. Uchastkalarda qonunchilik doirasida tayyorgarlik ishlari yo‘lga qo‘yilgan, saylov kabinalari, saylov qutilari joylashtirilgan.  

Buxoro tarixiy shahar. Biz ko‘chalarda, bozorlarda odamlar bilan muloqot qildik. Ular bilan suhbatlashganimizda fuqarolar saylovga tayyor ekanliklarini, ularning ovozi ertangi taraqqiyot uchun, bolalarining kelajagi hamda musaffo ekologiya uchun muhim ekanini alohida ta’kidladi. Bu juda ham quvonarli.  

Ayni paytda Markaziy saylov komissiyasining Matbuot markazidamiz. Bu yerda OAV vakillari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. MSK Raisi dastlabki brifingda ishtirok etib, ma’lumotlar berdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102720 | Инструменты