Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda servisni rivojlantirishda qulay transport infratuzilmasi juda muhimligi ta'kidlandi.
O‘tgan yili transport xizmatlari 8,6 foizga o‘sib, 145 trillion so‘mni tashkil qildi. Lekin, yuqori iqtisodiy o‘sish uchun bu yetarli emasligi qayd etildi.
Mahalliy ekspeditorlarni xalqaro tashishdagi ulushini oshirish uchun ular QQS to‘lashdan ozod etildi. Buning hisobiga Transport vazirligi mahalliy korxonalar ulushini bu yil 25 foizga, 2026 yilda 50 foizga olib chiqishi zarur.
“Yevro-5” va undan yuqori ekologik talabga mos yuk avtomobillari yana 3 yilga bojxona boji va utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinishi belgilandi.
Xususiy aviakompaniyalar bilan ishlab, Samarqand, Buxoro, Urganch, Nukus, Termizga aviaqatnovlarni 2 karra oshirish, bu yil 15 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatib, aviatsiya xizmatlari hajmini kamida 20 foizga oshirish zarurligi qayd etildi.
Yig‘ilishda Toshkent shahridan Yangiyo‘l, Chinoz va Sirdaryo tumanlariga qatnaydigan zamonaviy elektropoyezd harakatini yo‘lga qo‘yish ishlarini jadallashtirish zarurligi qayd etildi.
Hozirda temir yo‘l xizmatlari eksportining 50 foizi tranzit yuk tashishga to‘g‘ri kelmoqda.
Bu borada 2030 yilga borib, tranzit yuk hajmini 22 million tonnaga yetkazish reja qilingan.
Shu bois mutasaddilarga 72 ta zamonaviy yo‘l bo‘yi servis obyektlarini qurish uchun avtomobil yo‘llari yoqasidagi bo‘sh yerlarni tadbirkorlarga berib, ishga tushirish topshirildi.
Yirik multimodal logistika markazlari sonini 2 karra ko‘paytirish bo‘yicha uch yillik dastur qabul qilib, ishlarni boshlash vazifasi qo‘yildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20715 | Инструменты