Huawei 1
11-iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

O'zbekistonda Qurbon hayiti 16-iyun kuni nishonlanadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Qarorga ko‘ra, 2024-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 16-iyun – yakshanbaga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan O'zbekistonda 16-iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.

O‘zbekistonda 2023-yilda odam savdosi bilan 126 nafar shaxs sudlangan

Ularning 84 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 42 nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar (shartli va ozodlikni cheklash) tayinlangan.

Jinoyat ishlari bo'yicha tuman, shahar sudlarida tergov sudyasi lavozimi joriy etiladi

“Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston Qambarota GES qurilishi va ekspluatatsiyasiga tayyorgarlik bo‘yicha bitim imzoladi

Bundan tashqari, energetika sohasida, jumladan, qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasida hamkorlikni rivojlantirish, Qambarota GES-1'da suv-energetika resurslaridan foydalanishning o‘zaro maqbul mexanizmlarini yaratish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

"Mening bog‘im" loyihasiga start berildi

10-iyun sanasidan boshlab yangi “Mening bogʻim” loyihasiga start berildi. Jarayon 3 ta bosqichda oʻtkaziladi.

AQSH chegarachilariga O‘zbekistondan kelgan noqonuniy migrantlarni deportatsiya qilish buyurildi — New York Post

Tegishli buyruq voyaga yetgan migrantlarga aloqador. 100 dan ortiq mamlakatlarni o‘z ichiga olgan sharqiy yarim shardagi boshqa davlatlardan kelgan migrantlarga esa ularning ishlari ko‘rib chiqilguncha AQSHda qolishga ruxsat beriladi.

O‘zbekiston afg‘onistonlik talabalarga 50 ta stipendiya ajratdi

“Tolibon” Oliy taʼlim vazirligi stipendiyalar bakalavriat talabalariga berilishini bildirgan, ammo stipendiyalar qaysi taʼlim yo‘nalishlarini qamrab olishi va ular qanday berilishiga aniqlik kiritmagan.

MDH ishtirokchi-davlatlarining sud-ekspertlik faoliyati sohasida muvofiqlashtiruvchi kengashni tashkil etish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

"Yashil makon" loyihasi doirasida 1 milliondan ortiq ekilmagan ko‘chat hisobotlarga qo‘shib yozilgani aniqlandi

Shuningdek, 441 ta holatda 580 ming tup ko‘chatlar sug‘orish tizimi mavjud bo‘lmagan joylarga ekilgan.

“Hisorak” suv omborida yuzaga kelgan holat bo‘yicha maʼlumot berildi

Qashqadaryodagi "Hisorak" suv omborida olib borilayotgan texnik tadbirlar vaqtida to‘g‘ondan suv sizib chiqdi. Hodisada hech kim jarohatlanmagan, suv omboriga shikast yetmagan. "Vaziyat to‘liq nazorat ostida", — deb yozdi FVV.

Buxoroda farzandini muttasil kaltaklab, qiynab kelgan ayol 3 yilga qamaldi

Hozirda vasiylik va homiylik organi tomonidan ayolni farzandiga nisbatan bo‘lgan onalik huquqidan mahrum qilish masalasi bilan bog‘liq tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120413 | Инструменты