Bu sana har yili jahon bo'ylab turli davlatlarda qizlarning kamsitilishi, ularning ijtimoiy muammolariga e'tibor qaratish maqsadida nishonlanib kelinmoqda. Bu muammolarga majburiy nikoh, ularning ta'lim va sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanishlarini ta'minlash hamda zo‘rlash holatlari kiradi.
BMT Bosh Assambleyasining 2011-yil 19-dekabrdagi rezolyutsiyasiga asosan, 11-oktyabr “Xalqaro qizlar kuni” deb e’lon qilingan.
Biroq butun dunyo bo'ylab gender tengsizligi buni ro’yobga chiqarish uchun qizlar oldida to’siqlar yaratadi. Qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish va ularning huquqlarini amalga oshirishga ko'maklashish maqsadida butun dunyo hamjamiyati 11-oktabrni Xalqaro Qizlar kuni sifatida nishonlaydi.
Bu sana butun dunyo bo‘ylab qizlar duch kelayotgan muammolarni hal qilish va ularning imkoniyatlarini kengaytirish, huquqlarini himoya qilish, ularga bu borada ko‘maklashish zarurligiga e'tibor qaratishni talab qiladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda dunyoda 130 milliondan ortiq qiz bolalar maktabga borishmaydi. Ularning katta qismi Afrika davlatlari va Afgʻonistonga toʻgʻri keladi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekistonda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan 33 mingga yaqin xotin-qizlarga himoya orderlari berilgandi. Ushbu tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining 27 mingdan ortig‘i — oilada, 3 mingdan ortig‘i — ko‘chada, 1 mingdan ortig‘i — jamoat joyida, 81 tasi — ta’lim muassasasida, 429 tasi — ish joyida sodir etilgan.
Shuningdek, OTMga o‘qishga kirishda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining tavsiyanomasini olgan, oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar uchun 2022/2023-o‘quv yilidan qo‘shimcha 2 mingta davlat granti ajratilishi xabar qilingandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 101800 | Инструменты