Huawei 1
11-yanvar: Bugun O’zbekistonning ba’zi hududlarida harorat -30 darajagacha pasayadi

"Oʻzgidromet" 11-yanvar, chorshanba kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Unga ko'ra, Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, biroz qor yogʻishi, tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -12 -14° sovuq, kunduzi -5 -7° sovuq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -20 -25° sovuq, Ustyurtda -27 -30° sovuqqacha, kunduzi -20 -23° sovuq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -13 -18° sovuq, kunduzi -5 -10° sovuq, baʼzi joylarda -12° sovuqqacha, choʻl hududlarda kechasi -27-30° sovuq, kunduzi -12-17° sovuq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qor yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi -10-15°sovuq, baʼzi joylarda -17°sovuqqacha, kunduzi -5-10°sovuq, baʼzi joylarda -12° sovuqqacha boʻladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha, ayrim joylarda 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13° sovuq, baʼzi joylarda 15° sovuqqacha, kunduzi 3-8°sovuq boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qor yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha, Fargʻona viloyatining ayrim joylarida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 1-6° sovuq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, qor yogʻadi, tuman tushadi. Qor koʻchish xavfi bor. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha, ayrim joylarda 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°sovuq, kunduzi 7-12°sovuq boʻladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21603 | Инструменты