Huawei 1
Boliviyada kuchli yomg‘ir oqibatida 28 kishi halok bo‘ldi

Boliviyada 2024 yilning noyabr oyidan beri davom etayotgan kuchli yomg‘irlar oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 28 kishiga yetdi. Bu haqda Fuqarolik mudofaa vaziri o‘rinbosari Xuan Karlos Kalvimontes xabar berdi.

Qayd etilishicha, yomg‘irlar mamlakatning to‘qqizta ma’muriy bo‘linmasidan sakkiztasiga ta’sir ko‘rsatgan.

“Gap jabrlangan 83 ta munitsipalitet haqida ketmoqda va ishonchim komilki, bir hafta ichida ularning ko‘plari o‘zlarini falokat holatida deb e’lon qiladi”, deydi Mudofaa vaziri o‘rinbosari matbuot anjumanida.

Hozirgacha 27 ta munitsipalitet favqulodda holat e’lon qilgan, ulardan 22 tasi iqlimdan eng ko‘p zarar ko‘rgan ma’muriy bo‘linma La Pasga tegishli.

Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, o‘limga Chukisaka (janubiy), La-Pas (g‘arbiy), Tarixa (janubiy), Kochabamba (markaz), Santa-Kruz (sharq) va Potosi (janubiy-g‘arbiy) departamentlaridagi suv toshqinlari sabab bo‘lgan.

Bundan tashqari, 4 kishi bedarak yo‘qolgan, ulardan uch nafari La-Pas shimolida va bir nafari Chukisakada yashagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21603 | Инструменты