Huawei 1
Yevropa davlatlari yashirincha Ukrainaga qo‘shin kiritish rejasini tayyorlamoqda

Yevropaning bir qator davlatlari Rossiya bilan kelajakdagi tinchlik bitimining bajarilishini ta’minlashga yordam berish maqsadida Ukrainaga qo‘shin yuborish rejasi ustida maxfiy tarzda ish olib bormoqda.

Associated Press (AP) ma’lumotlariga ko‘ra, yevropaliklar tegishli variantlarni taxminan bir yil oldin o‘rganishni boshlagan va bu harakatlar boshida Buyuk Britaniya hamda Fransiya turibdi.

AQShning xavfsizlik ustuvorliklari boshqa sohalarga yo‘naltirilganidan tobora ko‘proq xavotirga tushayotgan Yevropa mamlakatlari guruhi Ukrainaga qo‘shin yuborish rejasi ustida yashirin ravishda ishlamoqda, deya xabar berdi AP.

Agentlik, shuningdek, AQSh yetakchisi Donald Tramp siyosati tufayli bu davlatlarda “shoshqaloqlik hissi” paydo bo‘lganini ta’kidlagan. Aniqlanishicha, tafsilotlar hozircha kam, biroq kuchlarning tarkibi va vazifasi tinchlik bitimi shartlari bilan belgilanadi, shuningdek, qisqa fursatda katta miqdordagi kontingentni to‘plash “shubhasiz imkonsiz bo‘ladi”.

Estoniya Mudofaa vaziri Xanno Pevkurga ko‘ra, rejalar juda boshlang‘ich bosqichda va yevropaliklar uchun chegara chizig‘i qanday bo‘lishini tushunish nihoyatda muhim. Bir necha kun oldin ushbu Boltiqbo‘yi davlatining tashqi ishlar vaziri Estoniya Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha muzokaralar jarayonida ishtirok etishi shartligini ham ta’kidlagan edi.

Yaqinda Telegraph gazetasi Britaniya hukumatidagi manbalariga tayanib, Buyuk Britaniya va Fransiya rahbarlari Ukrainaga “tinchlikparvar kuchlar”ni birgalikda yuborish masalasini maxfiy tarzda muhokama qilayotganini yozgan edi. Gazeta ma’lumotiga ko‘ra, bosh vazir Kir Starmer hali tashabbusga to‘liq rozi emas.

Ukrainaga harbiylar yuborish haqida bir yildan buyon gapirishda davom etayotgan prezident Emmanuel Makron esa bu g‘oyani ilgari surishda davom etmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21603 | Инструменты