Huawei 1
Rossiyada sud ijrochilari 2024 yilda rekord miqdordagi xorijlikni chiqarib yubordi

O‘tgan yili sud ijrochilari Rossiyadan rekord miqdordagi – deyarli 90 ming nafar xorijliklarni majburan chiqarib yubordi, bu haqda Rossiya Federal sud ijrochilari xizmati (FSSP) direktori – Rossiya bosh sud ijrochisi Dmitriy Aristov ma’lum qildi.

«2024 yilda Rossiyadan 66 ta xorijiy davlatga 87 mingdan ortiq chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar chiqarib yuborildi, bu 2023 yilga nisbatan qariyb ikki baravar ko‘pdir (shunda 60 ta davlatga 44 ming xorijlik chiqarib yuborilgan)», dedi FSSP rahbari.

Chet elliklarning aksariyati, birinchi navbatda, MDH davlatlari: Ozarboyjon, Belarus, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekistonga majburan deportatsiya qilingan. Bundan tashqari, sud ijrochilari Kuba, Vetnam, Sudan, Xitoy, Misr va boshqa mamlakatlarga deportatsiya qilgan.

Avvalroq sud ijrochilari o‘tgan yili Moskvadan 18 ming, Sankt-Peterburgdan 8 ming, Moskva viloyatidan 5,2 ming va Krasnodar o‘lkasidan 2,2 ming xorijlikni deportatsiya qilgani xabar berilgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21603 | Инструменты