O‘zbekiston prezidenti YUNESKO bosh direktori bilan uchrashdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Fransiyaga davlat tashrifi doirasida BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YUNESKO) bosh direktori Odri Azuleni qabul qildi. Bosh direktor Odri Azule O‘zbekiston bilan sermahsul hamkorlikni yuksak baholab, bo‘lajak tadbirga keng ko‘lamli tayyorgarlik ko‘rilayotgani uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.
Toshkent shahri va viloyatida zilzila sodir bo’ldi
FVV Seysmoprognostik monitoring markaziga ko‘ra, soat 06:16 da yuz bergan zilzila epitsentri Toshkent shahridan 19 km shimoli-g‘arbda bo‘lgan. Magnituda M=3,6. Chuqurlik 10 km.
"Bu ijobiy islohotlarga oʻqituvchi, taʼlim xodimlarini majburiy ovoz berishga jalb etish, ular maoshidan pul yigʻishlar bilan soya solmaylik" - Hilola Umarova "Tashabbusli byudjet" haqida
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova o‘qituvchilarni “Tashabbusli byudjet” doirasida ovoz yig‘ishga majburlamaslikka va bunday holat yuz bergan taqdirda o‘qituvchilarni vazirlikka xabar berishga chaqirdi.
Odiljon Abduqahhorov “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori lavozimiga tayinlandi
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boshchiligida vazirlik tizimidagi tashkilotlarda ijro intizomining bajarilish holati yuzasidan yig‘ilishda tayinlov haqida ma'lum bo'ldi. Yig'ilishda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorov, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi rahbari Anvar Tojiboyev, Respublika baxshichilik san’ati markazi rahbari Umidjon Norboyev, Madaniyat vazirligi huzuridagi Xalqaro festivallar direksiyasi direktori Fotih Jalolovlarga ijro intizomi holati yuzasidan tashkilotda amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha vazifalar berilgan.
Polshada o‘zbekistonliklarning tana aʼzolarini sotgan shaxs qo‘lga olindi
Polshada ukrainalik ayol 56 ta inson buyragini sotgani uchun qo‘lga olindi. Qurbonlar orasida o‘zbekistonliklar ham bor.
Qatarda tuhmat sabab hibsga olingan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
2024 yil may oyida Qatarga ishlash maqsadida borgan fuqaro ish beruvchining yolg‘onlardan iborat arizasi asosida Qatar qonunchiligining bir necha moddalarini buzganlikda aybdor deb topilgani va hibsga olingani bois amaliy yordam so‘rab elchixonaga murojaat qilgan.
IIBB Ozoda Nursaidova klipini suratga olish jarayonida yana bir piyodani mashina urib yuborganini maʼlum qildi
Toshkent shahri IIBB Ozoda Nursaidovaning klipini suratga olish jarayonida Mercedes-Benz model Sabrina Jabborovadan tashqari 19 yoshli bolani ham urib ketganini maʼlum qildi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qamoqqa olinmagan gumonlanuvchilar tergov davomida mamlakatni tark eta olmaydi
Ayblanuvchi va gumon qilinuvchilarning chiqish huquqini surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud organlari cheklashi mumkin. Tegishli qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan para velosportchi Odinaxon Hamdamovaga uy sovg‘a qilindi
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov para velosportchi Odinaxon Hamdamovaga Farg‘ona shahridagi Ekoshahar – “Yangi O‘zbekiston” massividan kvartira kalitini topshirdi.
Toshkentda belgilanmagan joyga chiqindi tashlayotgan qoidabuzarlarga qarshi reyd boshlandi
Poytaxt hokimligi huquqbuzarlarga nisbatan qonunchilik doirasida ma’muriy javobgarlik choralari ko‘rilishini ma’lum qildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61809 | Инструменты