Toshkent shahrida belgilanmagan joylarga chiqindi tashlayotgan qoidabuzarlarga qarshi ommaviy reydlar o‘tkazilmoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu reydlar huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Hokimlik shaharliklar murojaatlarini diqqat bilan tinglab, poytaxtda tozalikni saqlash uchun qat’iy choralar ko‘rmoqda. Belgilanmagan joylarga chiqindi tashlayotganlarga nisbatan amaldagi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunlarga muvofiq jazo choralari qo‘llanadi.
Shaharda tozalik va tartib har bir fuqaroning mas’uliyatidir. Biz aholini qoidalarga rioya qilishga, atrof-muhitni hurmat qilishga va ona shahrining ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqiramiz. Toshkent — barchamizning umumiy uyimiz. Uni birgalikda tozaroq qilaylik, deyiladi hokimlik xabarida.
Chiqindilarini belgilanmagan joylarga tashlaganlik uchun qanday javobgarlik bor?
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 91-1-moddasiga ko‘ra, belgilanmagan joylarga qattiq maishiy va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek suyuq maishiy chiqindilarni to‘kish
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa:
Maishiy va qurilish chiqindilari poligonlariga joylashtirilishi kerak bo‘lgan chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash
Huquqbuzarlik 1 yil davomida takror sodir etilsa, fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (375 ming so‘mdan 5 million 620 ming so‘mgacha), mansabdorlarga esa 30 baravaridan 50 baravarigacha (11 million 250 ming so‘mdan 18 million 750 ming so‘mgacha) miqdorda jarima tayinlanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61814 | Инструменты