Huawei 1
Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan para velosportchi Odinaxon Hamdamovaga uy sovg‘a qilindi

Para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 7-9 fevral kunlari Tailandda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 26 ta medal — 12 ta oltin, 9 ta kumush va 5 ta bronza olib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 15 ta davlat o‘rtasida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Mazkur nufuzli musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoa a’zosi farg‘onalik Odinaxon Hamdamova 2 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov para velosportchi Odinaxon Hamdamovaga Farg‘ona shahridagi Ekoshahar – “Yangi O‘zbekiston” massividan kvartira kalitini topshirdi.

Viloyat hokimi chempion qizni yutuqlari bilan qutlab, matonati va irodasi bilan boshqalarga ibrat bo‘layotganligini ta’kidladi. Prezidentimiz tomonidan olimpiya va paralimpiya harakatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, 2028 yilda Los-Anjelesda bo‘ladigan Olimpiya o‘yinlarida kuchli o‘ntalikka kirish maqsad qilingani to‘g‘risida aytib o‘tildi. Viloyatimiz sportchilariga, xususan, Odinaxonga Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalar kiritishga zafarlar tilab, katta g‘alabalarga erishishiga umid va ishonch bildirildi.

Ma’lumot o‘rnida, O.Hamdamova 1991 yilda Qo‘shtepa tumanida tug‘ilgan. Hozirda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi. Tailand va Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan musobaqalarda chempion bo‘lgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31217 | Инструменты