Huawei 1
13-yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

O‘zbekistonda ichimlik suv sifati monitoringini yuritadigan markaziy laboratoriyalar tashkil etiladi

Bu 2025-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasida ko‘zda tutilgan.

Samarqand shahri hududini kengaytirish rejalashtirilyapti

Vazirlar Mahkamasi taklifi bilan ishlab chiqilgan ushbu qarorda Samarqand tumanidan 170 gektar va Oqdaryo tumanidan 243 gektar yer maydonini Samarqand shahri tarkibiga o‘tkazish nazarda tutilmoqda.

Hududlarda 16 ta avtovokzal va avtostansiyalar quriladi

Shuningdek, hududlarda jamoat transportining 50 ta yangi yo‘nalishlar tarmog‘i tashkil etiladi.

Ziyoratchilarga qulayliklar yaratish yuzasidan O‘zbekiston delegatsiyasi Haj vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi

Jidda shahrida O‘zbekiston delegatsiyasi hamda Saudiya Arabistoni Haj va umra vazirligi rahbariyati o‘rtasida muloqot bo‘lib o‘tdi.

2025-yilda mahallalarda “Soyali sayr ko‘chalari” tashkil etiladi

Qolaversa, 130 milliard so‘m mablag‘ evaziga 64 ta mahallada tajriba tariqasida yomg‘ir va oqova suvlardan samarali foydalanish, mahallalardagi daraxtlarni zamonaviy suv tejovchi texnologiyalar orqali sug‘orish tizimi joriy etiladi.

Toshkent hayvonot bogʻiga alpaka va lama keltirildi

Toshkent hayvonot bogʻiga uchta momiq alpaka va yangi lama keltirildi. Bundan tashqari, endi zooparkda uch xil turdagi 5 ta turnalar bor.

Dayibekova Tunis Gran-prisida kuchli sakkizlikdan joy oldi

Tunisda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Gran-pri turniri oʻz nihoyasiga yetdi.

Reklama sohasida 1 593 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat ko‘rsatmoqda

2025-yilning 1-yanvar holatiga reklama faoliyati va bozor konyunkturasini o‘rganish sohasida 1 593 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Jizzaxda ilonni tiriklay yeb yuborgan shaxs jarimaga tortildi

Zominda ko‘lvor ilonini tiriklay yegan fuqaro 7,5 mln so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi. Shuningdek, 1 mln 125 ming so‘m miqdorida tabiatga yetkazilgan zarar ham hisoblangan.

Import avtomobillarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish vaqti 20 daqiqadan 15 daqiqagacha qisqartiriladi - UzTest

Piskent avtopoligonida import avtomobillar sinovi uchun uzoq muddatli elektron navbat paydo bo‘la boshlagani xabar qilingandi. UzTest ushbu holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20511 | Инструменты