Huawei 1
15-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Toshkent - Tel-Aviv - Toshkent yo'nalishidagi aviaqatnov bekor qilindi

Yaqin Sharq mamlakatlarining bir qismi ustidan havo hududining yopilishi munosabati bilan, shuningdek, O'zbekiston aviatsiya hukumatining parvozlar xavfsizligini ta'minlash zarurati bilan bog'liq qarorini hisobga olgan holda, Uzbekistan Airways faqat 15-aprel kuni HY301/302 Toshkent - Tel-Aviv - Toshkent yo'nalishidagi aviaqatnovlarini bekor qildi.

Parkent tumani So‘qoq qishlog‘ida sel oqimlari yuzaga keldi

Hodisa oqibatida So‘qoq qishlog‘ining Chashma mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi suv yo‘liga kuchli yog‘ingarchilik oqibatida oqib kelgan suv sig‘may, mazkur hududdagi avtomobil yo‘lining qatnov qismiga toshib chiqqan.

O‘zbekistonda 1 km kv yer maydoniga qancha aholi soni to‘g‘ri keladi?

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda 1 km kv yer maydoniga o‘rtacha 82 nafar doimiy aholi soni to‘g‘ri keladi.

Bugun Termizda navbatdagi O'zbekiston-Hindiston qo'shma harbiy mashg'ulotlari boshlanadi

Mashg'ulotlar 28-aprelgacha davom etadi.

2024-yilda Parkentga 893 ming nafardan ziyod mahalliy, 117 ming nafardan ziyod xorijiy turistni jalb qilish maqsad qilingan

Shu kunlarda Parkent tumaniga sayyohlar qatnovi ancha ortdi. Ayniqsa, hududdagi “So‘qoq” yoki “Qizil tog‘” kabi manzillari oilaviy dam oluvchilar bilan gavjum.

Jizzaxda ikki nafar OIV infeksiyali bemorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Mazkur 2 fuqaro oldin shifokor tomonidan kasalligi haqida ogohlantirilgan.

Farg'onada jamoat transporti tarkibi 20 dona zamonaviy avtobus bilan yangilandi

Mazkur avtobuslar tez orada Qo‘qon shahri avtobus yo‘nalishlarida aholiga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.

O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotirda - TIV

O‘zbekiston tomoni barcha taraflarni bosiqlikka, harbiy harakatlarni davom ettirishdan tiyilishga hamda mojaroni eng qisqa fursatlarda siyosiy tartibga solish uchun mumkin bo‘lgan barcha choralarni ko‘rishga chaqiradi.

Yagona portalda IT-o‘quv markazlari uchun subsidiya ajratish xizmati ishga tushdi

Bitiruvchisi IT-xizmatlarni eksport qiluvchi IT-Park rezidenti bo‘lgan kompaniyalarga ishga joylashgan nodavlat o‘quv markazlariga 25,5 mln so‘mgacha, nogironligi bo‘lgan yosh bitiruvchisi ishga joylashganda esa 35,7 mln so'mgacha bir martalik subsidiya ajratiladi.

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredovni qabul qildi

O‘zbekiston prezidenti Turkmaniston bilan ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi.

Shavkat Mirziyoyev Qatar tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdurahmon Ol Soniy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Ikki tomonlama hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot, investitsiya va transport-kommunikatsiya sohalarida yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Toshkentda sodir bo‘lgan YTHda Lacetti ag‘darilib ketdi

YTH natijasida Lacetti haydovchisi tan jarohat olgan.

O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” kitobi reklamasi Nyu-York metrosida paydo bo‘ldi

Ushbu kitobni ingliz tiliga Mark Riz va Abdullojon Ro‘ziyevlar tarjima qilgan.

Jizzaxda fuqaroni Yevropa davlatlari orqali AQSHga ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 53105 | Инструменты